YOZYOVON CHOʻLI

YOZYOVON CHOʻLI — Fargʻona vodiysining markaziy qismidagi choʻl. Qoʻqon, Margʻilon, Andijon va Namangan vohalari bilan oʻralgan. Shim. dan Sirdaryo oqib oʻtadi, zamini paleozoy jinslaridan tarkib topgan, yer yuzasi toʻrtlamchi davr allyuvial va prolyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Relyefi, asosan, tekis. Balandpast kum tepalari, koʻllar, shoʻrxoklar va botqoklashgan yerlar uchraydi. Iklimi kontinental: yozi issiq va quruq, qishi qisqa, bir oz sovuq. Iyulning oʻrtacha trasi 25—27°, yanv. niki —3°, vegetatsiya davri 220—240 kun. Yillik yogʻin 170—200 mm. Yozyovon choʻlini oʻzlashtirish maqsadida bir qancha kanal (Usmon Yusupov nomli Katta Fargʻona kanali, Oxunboboyev nomli kanal va b.) va kollektorlar (Yozyovon, Sarijoʻga, Sariqsuv, Qiziltepa, Fapbiy Yozyovon kollektorlari) qazilgan. Choʻlda yantoq, qamish, shoʻra, shuvoq, yulgʻun oʻsadi, kanal hamda ariqlar boʻyiga terak, tol, qayragʻoch, tut, jiyda, chinor, akatsiya va b. ekilgan. Yer osti suvi 0,5—1,2 m chuqurlikda. Qiziltepa massivida va Jomashoʻyda yer ostidan issiq shifobaxsh suv topilgan. Yozyovon choʻli deyarli oʻzlashtirilgan. Choʻl orqali Fargʻona — Namangan, Margʻilon—Qoʻqon, Qoʻqon — Shaxrixon, Yozyovon—Boʻz, Yozyovon—Baliqchi avtomobil yoʻllari oʻtgan.


Lotin alifbosida maqola: YOZYOVON CHOʻLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ANDIJON VILOYATI
NAMANGAN VILOYATI
SIRDARYO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты