XUSRAV SULTON

XUSRAV SULTON (toʻliq ismi Xusrav bin Yormuhammad bin Jonibek) (? — 1562) — shayboniylardan. Kesh hokimi (1550—62). 1554-y. Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon) Keshga hujum qilganda Balxga qochgan. 1556-y. Keshni qaytarib olgan. 1562-y. Samarqand hokimi Abulxayr ibn Juvonmardali undan Keshni tortib olib, qizi Xonbibyta uylangan. Bunga chiday olmagan X. S. Abdullaxon II ni yordamga chaqirgan, biroq Kesh uchun boʻlgan jangda halok boʻlgan. Kesh uning oʻgʻli Isfandiyor Sultonga topshirilgan. «Muzakkiri ahbob» tazkira muallifi, shoir Hasanxoja Nisoriy X. S huzurida (1553; 1555—56 y. larda) xizmat qilgan.

Ad..Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob (Doʻstlar yodnomasi), T., 1993.


Lotin alifbosida maqola: XUSRAV SULTON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ABDULLAXON II
BUXORO XONLIGI
AMIR TEMUR
Tohir Mahkamov - Qandoq chiday
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты