XUSRAVONIY

XUSRAVONIY (fors. shohlarga mansub) — Oʻrta Osiyo va Eron qad. bastakorlik sanʼati, xususan, Borbad ijodiga nisbat etilgan musiqiy asarlar turkumi. Dastlab, 7 qismdan iborat boʻlib, 7 xil pardada kuylanuvchi shohona (jasorat, mardlik va b.) mavzularga oid (ayrimlari «Avesto» matnlaridagi) qoʻshiklardan tuzilgan. Keyinroq bular asosida oʻzga mavzular qamrovidagi turkumli asarlar yuzaga kelgan (mas, «Arus Ganji» — «Gov ganji» — «Shaboda ganji» — «Afrosiyob ganji»; «Eraj qasdi» — «Siyovush qasdi» — «Gʻamdor» — «Dodu faryod»; va b.). X. turkumlari Sharq badiiy (Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Navoiy va b.) va ilmiy (Forobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Muhammad Nishopuriy, Xoja Abdulqodir Marogʻiy va b.) asarlarda keng taʼriflangan. Risolalarda koʻrsatilishicha, turli ommaviy tadbirlar, xususan, Navroʻz bayrami va hatto harbiy yurishlar X. turkumidagi kuy va qoʻshiqlarsiz oʻtmagan. X. keyinchalik Oʻn ikki maqom tizimi va oʻzga mukammal turkumlar shakllanishida omil vazifasini oʻtgan.

Ad.: Gafurbekov T., Tvorcheskiye resursы natsionalnoy monodii, T., 1984; Borbad, epoxa i traditsii kulturы, Dushanbe, 1989.

Toʻxtasin Gʻafurbekov.


Lotin alifbosida maqola: XUSRAVONIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ERON
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты