XUTAK XOTUN

XUTAK XOTUN — arablarga qarshi kurashgan Buxoro malikasi (673—695). 673-y. da arab sarkardasi Ubaydulloh ibn Ziyod Toxariston oʻlkasini ishgʻol qilgandan keyin Amudaryoni kechib oʻtib, Poykend va Romitan sh. larini bosib oladi. Unga qarshi chiqqan Buxoro hukmdori Bidun oʻldirilgach, Buxoro hokimiyati uning ayoli qoʻliga oʻtadi va u arablarga qarshi kurashga boshchilik qiladi. Arabfors manbalarida ushbu ayolning ismi Xutak xotun, Qabaj xotun, Xotun shakllarida zikr etiladi. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida kayd etilishicha, arablar tomonidan buxorxudot Bidun oʻldirilgach, uning oʻgʻli Tugʻshoda yosh boʻlganligi sababli oʻrniga ayoli Xotun oʻtiradi. Xotun 695-y. gacha Buxoroni boshqargach, uning oʻrnini oʻgʻli Tugʻshoda oladi. Narshaxiyning taʼkidlashicha, Xotun hukmronlik qilgan davrda undan donoroq biror kishi boʻlmagan. U donolik bilan hukmronlik qilgani uchun xalq unga itoatda bulgan. Tabariyning «Tarix arrasul valmuluk» asarida qayd etilishicha, 681-y. arablarning Xurosondagi noibi amir Salm ibn Ziyod Buxoroga yurish boshlaydi. Bundan xabar topgan Xutak xotun turk xoqoni huzuriga elchi yuborib, uni yordamga chaqiradi. Oʻzining maktubida Xutak xotun xoqon bilan nikoh tuzishga rozi ekanligini xabar qiladi. Turk xoqoni katta qoʻshin bilan Buxoroga yetib kelib, arablar bilan qattiq jang qiladi. Lekin, u arablardan magʻlubiyatga uchragach, Xutak xotun arablar bilan sulh tuzishga majbur boʻlsada, Buxoroni ancha yillar arablar hukmronligidan saqlab qoladi.

Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.


Lotin alifbosida maqola: XUTAK XOTUN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TARIX
TOSHKENT
POYKEND
IBN SINO
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты