YOYSIMON PARDA

YOYSIMON PARDA (iris) , rangdor par da — koʻz soqqasi tomirli pardasining old qismi; kipriyush tanadan boshlanadi. Rangdor parda oldinda qorachiq teshigida tugaydi, uning oldingi yuzasi koʻz soqqasining oldingi boʻshligʻiga, orqa yuzasi koʻz gavhari boʻshligʻiga qaragan. Yoysimon parda rangli boʻlib, muguz (shox) parda orqali koʻrinib turadi. Parda tarkibidagi pigmentlar mikdoriga qarab koʻz har xil rangli (qora, jigarrang, koʻk va h. k.) boʻlib tovlanadi, pigment boʻlmagan rangdor parda kizil boʻlib koʻrinadi. Koʻz qorachigʻi qirralarida aylanasiga joylashgan muskul qisqarib, qorachiqni toraytirsa, uzunasiga joylashgan muskul kengaytiradi. Yoysimon pardaning orqasida tiniq, ikki tomoni qavariq linza — koʻz gavhari bor.


Lotin alifbosida maqola: YOYSIMON PARDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KOʻZ
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
QAVARIQ JISM
LINZA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты