YOLLANMA MEHNAT

YOLLANMA MEHNAT — yollanma xodimlar mehnati. Yollanma mehnat bozor iqtisodiyotida amal qiladigan mehnat bozoriaa oldisotdi qilinadigan asosiy tovar hisoblanadi. Ish beruvchilar (tadbirkor, korxona, tashkilot) va ish kuchi egasi (yollanuvchi) oʻrtasida maʼlum muddatga yoki aniq bir ishni bajarish uchun mehnat sharoitlari va toʻlanadigan haq toʻgʻrisida yozma ravishda shartnoma tuziladi. Bunday shartnoma vaqtincha — sinov muddati bn, maʼlum bir davrga yoki muddati belgilamasdan (umrbod) tuzilishi mumkin. Tomonlarning huquklari, majburiyatlari, mehnatga haq toʻlash va mehnatni tashkil etish sharoitlari mehnat qonunlariga muvofiq oʻzaro kelishgan holda hal etiladi. Shartnomada mehnatni qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida har xil imtiyozlar berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida Yollanma mehnat va umuman mehnatga oid munosabatlar 1996-y. 1 apr. dan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1995.21.12) va b. mehnat toʻgʻrisidagi qonun xujjatlari, jamoa shartnomalari va b. meʼyoriy hujjatlar b-n tartibga solinadi.


Lotin alifbosida maqola: YOLLANMA MEHNAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ISH HAQI
XITOY
FRANSIYA
BOZOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты