YOLGʻON XABAR BERISH

YOLGʻON XABAR BERISH — jinoyat toʻgʻrisida bila turib, yolgʻon xabar berish. Yo. x. b. odil sudlovni toʻgʻri yuritishga putur yetkazishi, tergov organlari yoki sud faoliyatini notoʻgʻri yoʻlga solib, ishning chigallashtirib yuborilishiga sabab boʻlishi mumkin. Jinoyaʻ; haqida bila turib Yolgʻon xabar berishning oʻzi bilan jinoyat tugallangan hisoblanadi va bunda biron-bir oqibatning kelib chiqqanligi va chiqmaganligi ahamiyatsizdir. Oʻzbekiston Respublikasi JKga koʻra, 16 yoshga toʻlgan har qanday shaxs shu jinoyat subyekti boʻlishi mumkin. Yolgʻon xabar bergan shaxs eng kam oylik ish haqining 25 baravaridan 50 baravarigacha mikdorda jarima yoki 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi. Yolgʻon xabar berish sunʼiy ayblov dalillarini vujudga keltirgan; gʻarazgoʻylik niyatlarida qilingan; uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlagan boʻlsa jazo kuchaytiriladi. Yolgʻon xabar berish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa aybdorga nisbatan yanada ogʻirroq jazo koʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YOLGʻON XABAR BERISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HAQORAT
TUHMAT
TOSHKENT
BRAKONYERLIK
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты