YOMBI

YOMBI (xitoycha «Yuan bao» — boylik toʻplashning boshlanishi) — quyma oltin va quyma kumush boʻlagi. Xitoyda birinchi pullar mil. av. 7a. da paydo boʻlgan; ular kumushdan emas, balki mis (yoki bronza)dan kuyib tayyorlangan. Bu pullarning qiymati juda past boʻlib, bir misqol (3,7 g) kumushga 1000, qatto 2000 dona mis (bronza) pul almashtirilgan. Bu pullarning ogirligi yarim pud kelgan, 10—20 ming mis (bronza) pullarni hamyonda emas, balki otaravada tashishga majbur boʻlingan. Mil. 7—10a. larga kelib «Buyuk ipak yoʻli» boʻylab xalqaro savdosotiq rivojlangan davrda Xitoyda xalqaro valyuta (oltin va kumush) pullar oʻrnida quyma Yombi lardan foydalanilgan. Yombi pul emas, balki yirik savdosotiklarda toʻlov va boylik jamgʻarish vositasi boʻlgan. Yombi larning vazni bir xil emas, balki 5 g dan 2000 g gacha boʻlib, savdo muomalasida ularni tarozida tortib olingan. Yombi larning kattalari «Tuya tuyoq», «Ot tuyoq» deb atalgan, nisbatan kichiklari «Qoʻy tuyoq», 1885 yil Xitoyda chiqarilgan yombi. «Echki tuyoq», undan kichiklari esa «Chuchvara quloq» deb yuritilgan. Sof kumushdan tayyorlanganligini tasdiqlash uchun davlat tomonidan chikarilgan Yombi larga xitoy imperatori oʻz tamgʻasini bosgan. Agar Yombilarni shaxslar chiqargan boʻlsa, uning sofligini shahar va tuman hokimlari tasdiqlab, oʻz tamgʻasini bosgan. Shu bilan birga, kumush Yombini tayyorlagan shaxs va firmalar ham oʻz tamgʻasini bosib kafolat bergan. Yombilar 19a. oxirigacha Markaziy Osiyo va Xitoy savdo muomalasida keng yuritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi oltin konlaridan qazib olinadigan oltinlar maxsus qoliplarga quyilib, Yombi holiga keltiriladi. Uning ogʻirligi 12 kg.


Lotin alifbosida maqola: YOMBI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YAPONIYA
BUYUK BRITANIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты