XEBEY

XEBEY — Xitoyning shim. qismidagi provinsiya, sharqdan Sariq dengizning Lyaodun va Boxayvan qoʻltiqlari oʻrab turadi. Mayd. 202,7 ming km2. Aholisi 65,7 mln. kishi (1999). Hududining katta qismi Buyuk Xitoy tekisligida, gʻarb, shim. va shim. gʻarbida togʻlar bor. Daryolari zich. Maʼmuriy markazi — Shiszyachjuan sh.

X. — Xitoyning eng rivojlangan provinsiyalaridan biri. Koʻmir, metallurgiya, mashinasozlik, toʻqimachilik, farforchinni sanoatlari mamlakat ahamiyatiga ega tarmoqdar. Mamlakatda qazib olinadigan koʻmirning katta qismi Xebeyga toʻgʻri keladi, shuningdek, temir rudalari hamda neft konlari topilgan. Koʻp tarmoqli mashinasozlik, xususan, energetika, konchilik, transport, metallurgiya, neft sanoati uchun jihozlar, q. x. mashinalari i. ch. rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Xandan va Shiszyachjuanda yirik toʻqimachilik ktlari, Tanshanda keramika kti ishlab turibdi. Provinsiyaning markaziy va sharqiy qismlari provinsiya tarkibida boʻlmagan Pekin va Tyanszin markazga boʻysunuvchi shaharlar bilan mamlakatning yagona sanoat rnini tashkil qiladi. X. — mamlakatning muhim dehqonchilik rni. Asosiy ekinlari: gʻalla va paxta, shuningdek, moyli va b. texnika ekinlari ekiladi. Q. x., asosan, shaharlar aholisini oziq-ovqat xom ashyosi bilan taʼminlashga qaratilgan. Bugʻdoy, makkajoʻxori, gaolyan, tariq, sholi ekinlari katta hududlarni egallaydi. Shuningdek, soya, yer yongʻoq, kunjut, kanop ham ekiladi. Tamakichilik, sabzavot va bogʻdorchilik bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachilikda qoramol, eshak, qoʻy va choʻchqa boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Qirgʻoqqa yaqin suvlardan baliq ovlanadi. Buyuk kanal orqali kema qatnaydi.

X. hududida qad. odam — sinantroplar qoldiqlari topilgan. Qadimda X. hududi «Yan va Yu yeri» deb nomlangan. 17-a. oʻrtalarigacha turli podshohlik va davlatlar tarkibida boʻlgan, oʻsha vaqtdan Chjili provinsiyasi tarkib topgan. 1928-y. dan X. nomi bilan ataladi.


Lotin alifbosida maqola: XEBEY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
BUYUK BRITANIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты