YOMONQUM CHOʻLI

YOMONQUM CHOʻLI — Markaziy Qizilqumdagi choʻl. Tomditov bilan Boʻkantov togʻlari oraligʻida joylashgan. Gʻarbda Mingbuloq, sharqda Moʻlali botiqlari bilan chegaradosh. Eng baland joyi sharqida 303 m, gʻarbida 169 m. Koʻzanakli (chuq. 5—8 m), doʻng (bal. 4—6 m) va marzali qum (bal. 6—9 m) shakllari uchraydi, quduqlar atrofida barxanli qumlar vujudga kelgan. Mingbuloq botigʻi yaqinida relyef sathi pasayib, qumli qoplam qalinligi kamayib boradi, baʼzan tub jinslar yuzasi ochilib qolgan, ayrim joylarda kichik botiklar uchraydi. Yomonqum choʻlida Tubelek (bal. 258 m), Tulyatosh (268 m), Qoratepa (141 m), Darvoza (248 m) kabi tepalar mavjud boʻlib, ular bur, paleogen, baʼzan neogenning choʻkindi jinslaridan tuzilgan, jan. yon bagʻirlari tik va quruq oʻzanlar bilan parchalangan. Qumlikda choʻl oʻsimliklaridan cherkez, oqsaksovul, juzgʻun, quyonsuyak, selin, isiriq, efemerlar (qoʻngʻirbosh, rang, kovrak va b.), shoʻrxoklarda bir yillik shoʻralar (baliqkoʻz, qorashoʻra va qizilshoʻra), yulgʻun, korabarok, kermak va b. tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi. Yomonqum choʻlini Zarafshon—Uchquduqt. y. va avtomobil yoʻllari kesib oʻtgan.


Lotin alifbosida maqola: YOMONQUM CHOʻLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
TYANOʻPAN
XITOY
QIZILQUM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты