XOʻJA ALAMBARDOR MAQBARASI

XOʻJA ALAMBARDOR MAQBARASI — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (19-a.); Kamolon qabristonida. Xoʻja Abdul Aziz Alambardor (alambardor — bayroqdor) nomi bilan maʼlum boʻlgan shaxsga atab qurilgan. Maqbara gʻishtdan bezaksiz qurilgan. Peshtoqgumbazli, toʻrtburchak tarhli (8,87×8,0 m), balandligi gumbazi bilan 10,3 m. Peshtoq orqali murabba tarhli (6,08×6,08 m) xonaga kiriladi. Xonaning gumbaz osti bagʻallaridagi gʻishtlar mavj usulida terilgan. Maqbara sharqidan 9 m naridagi chillaxona yer ostida joylashgan boʻlib, chortoq tarhli fonusi yer yuziga turtib chiqqan, ichki devorlari chuqur ravoqli. Unga zinapoya orqali tushiladi.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJA ALAMBARDOR MAQBARASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
GUMBAZ
BUXORIY YODGORLIK MAJMUI
AMIR TEMUR MAQBARASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты