YOMGʻURCHI

YOMGʻURCHI — 1) noʻgʻay mirzasi; 1481-y. shayboniylardan Iboqxon bilan birga Katta Oʻrda xoni Ahmadga qarshi kurashda qatnashgan. 1487-y. Yo. Ivan 111 Vasilyevichdan Qozon xonligi taxtidan agʻdarilgan Alixonni rus tutqunligidan ozod etishni soʻragan. 1500-y. Qozon xoni, ruslarning vassali Abdullatifga qarshi kurashi chogʻida Qozonni qamal qilgan;

2) Astraxon (Ashtarxon) xoni (1547—54). Ivan IV Vasilyevich (Ivan IVGroznыy) 1554-y. Astraxon xonligiga qarshi yurishi chogʻida taxtdan tushirilgan. Yo. Azovga qochgan, uning oʻrniga taxtga bir necha yil avvalroq Astraxondan quvgʻin qilingan ruslarning vassali Darvishali oʻtqazilgan.


Lotin alifbosida maqola: YOMGʻURCHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
BUXORO XONLIGI
ASHTARXON XONLIGI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты