YON NERVLILAR

YON NERVLILAR (Amphineura) tuban mollyuskalar kenja tipi. Chigʻanogʻi oʻzaro harakatchan birikkan 8 ta plastinkadan iborat yoki boʻlmaydi. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va undan ketadigan ikki juft boʻylama nerv poyalari, jumladan ikkitasi plevrovitseral nervlar tana boʻylab jabra (galsama) egatchalari ustida, ikkitasi (pedal) nervlar oyogʻi ustida joylashgan. Yon nervlilar sovutlilar va egat qorinlilar sinflariga boʻlinadi. Yon nervlilar orasida xitonlar dengizlarning sohilga yaqin joylarida keng tarqalgan. Xitonlar yassi oyoklari yordamida toshlarga yopishib hayot kechiradi. Egat qorinlilar sinfiga dengiz tubida yashovchi chuvalchangsimon, sodda tuzilgan yirtqich mollyuskalar kiradi. Tanasining uz. 30 sm ga yetadi. Yon nervli mollyuskalardan Neomenia va Chaetoderma urugʻlari keng tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: YON NERVLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
SOVUTLILAR
VEGETATIV NERV SISTEMASI
MOLLYUSKALAR


Добавить комментарий