XOʻJA ILGʻOR MASJIDI

XOʻJA ILGʻOR MASJIDI — Quqondagi meʼmoriy yodgorlik (20-a. boshi). Shokir mingboshi buyurtmasi bilan otaoʻgʻil ustalar Eshonxon va Norboylar qurishgan. Masjid toʻrtburchak tarhli (40×13 m), uch ustunli, atrofi uch tomondan ayvon bilan oʻralgan. Xonaqohning gʻarbiy devoriga va ayvoniga mehroblar ishlangan, shifti islimiy naqshlar, qirrali tag ustunlar handasiy naqshlar bilan serhasham bezatilgan. Gul va naqshlarning oʻzaro uygʻunligi va rangbarangligi eʼtiborni tortadi. Masjidning shim. tomonida hovuz boʻlib, atrofiga daraxtlar ekilgan.

Qashqadaryo viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (16—17-a. lar); «Imkonagiy» nisbali olim, shayx Xoʻja Abduboqiy tomonidan qurilgan (nomi shundan). Xoʻja Ilgʻor Masjidi dastlab qishloq qabristoni tepaligidagi yuqori (xonaqoh va 2 daxma) va tepalik yon bagʻridagi quyi (oʻzaro tutashgan 2 hovli atrofida joylashgan masjid, Madrasa, karvonsaroy) inshootlar guruhidan iborat majmua tarkibida boʻlgan. Yuqori va quyi guruhi inshootlar gʻishtdan qurilgan devor ustidagi yoʻl (pandus) orqali birlashgani bilan oʻziga xos meʼmoriy mujassamot yechimiga ega boʻlgan. Quyi guruhdagi inshootlar 20-a. 60-y. lari buzilgan, yuqori guruhsagi xonaqoh va (2 katta va kichik) daxma saqlangan.

Xonaqoh toʻgʻri toʻrtburchak (24,0×20,2 m) tarhli, anʼanaviy gumbaz tomli, tarzlari peshtoqli (asosiy kirish qismidagi peshtogʻi boshqalaridan birmuncha baland); devorlardagi ravokli darchalarga ganchkori panjaralar, bino burchaklariga guldastaminoralar ishlangan; mehrobi serhasham bezatilgan — murakkab iroqi muqarnas hamda chaspak usulidagi namoyonlar diqqatni tortadi. Katta va kichik daxmalar ustidagi oq marmar qabrtoshlarining yon tomonlari kulrang marmar bilan qoplangan, ular yuzasi handasiy (toʻrtburchak, murabba va b.) shakllarga boʻlinib, oʻyma naqshlar bilan nafis bezatilgan.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJA ILGʻOR MASJIDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
XALQ IJODI
BIBIXONIM JOME MASJIDI
KOʻHNA ARK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты