XOʻJA PARIXONTEPA

XOʻJA PARIXONTEPA, Xoʻja Farxon — Toshkentdagi ilk oʻrta asrlarga oid arxeologik yodgorlik, otashparastlar qabristoni (mil. 6—7-a. lar). Beruniy shohkoʻchasi bilan Niyozov koʻchalari kesishgan yerda joylashgan. 1988-y. Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. X. P. marhumlar ossuariylarda dafn etilgan nekropol ekanligi aniqlangan. X. P. ning oʻtmishda bal. 5 m boʻlgan. X. P. ning ustki qatlami 20-a. boshida qabriston boʻlib Tojik mozor deb atalgan. Xoʻja Parixontepada qoraxoniylar davrida xumdon boʻlgan. X. P. dan topilgan koʻplab ossuariylar Choch va Iloq aholisi oʻrtasida islomdan avval zardushtiylik keng tarqalgani, Sugʻd va Xorazm bilan yaqindan aloqalar mavjud boʻlganidan dalolat beradi. Xoʻja Parixontepa oʻrnida hozir zamonaviy binolar bunyod etilgan.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJA PARIXONTEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
BERUNIY
TOSHKENT VILOYATI
TOJIKISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты