YONDIRUVCHI VOSITALAR

YONDIRUVCHI VOSITALAR — dush manning harbiysanoat obyektlari, inshootlari, jangovar texnikasi, jonli kuchlarini yondirish orqali shikastlaydigan qurolaslaha va moddalar. Yondiruvchi vositalar juda yuqori issiqlik hosil qiladi va moʻljaldagi obyektlarni yondirib yuboradi. Harbiy ishda Yondiruvchi vositalar (porox, turli moylar) dan foydalanish qadim zamonlardan maʼlum. 1jahon urushida, ayniqsa 2jahon urushida keng qoʻllanilgan. Yondiruvchi vositalar yondiruvchi bombalar, yondiruvchi snaryadlar, yondiruvchi oʻq, yondiruvchi bak, yondiruvchi moddalardan iborat (aviatsiya, artilleriya va b. texnika yordamida ishlatiladi). Bombalar dushmanning oʻt olishi qiyin boʻlgan omborlari, jangovar texnikasi, sanoat obyektlarini yondirishda ishlatiladi. Bunday bombalar termitli (78—72% temir oksidi bilan 22—28% alyuminiy kukuni aralashmasi) yoki napalmli (quyultirilgan neft mahsulotlari) boʻladi. Portlaganda 1000° dan 2500° gacha issiqlik hosil qiladi. Yondiruvchi snaryadlar termit b-n toʻldirilgan artilleriya snaryadlari va minalaridir. Bunday snaryadlar portlaganda 3000° issiqlik ajraladi. Oʻq oson alangalanadigan narsalar va moddalar (benzin, yogʻoch inshootlar, pichansomon gʻaramlarini) yondirishda qoʻllaniladi. Nishonga tekkanda oʻt oladigan yondiruvchi modda oʻq uchiga joylangan boʻladi. Dushmanning inshootlari, oʻqdori va yonilgʻi omborlari, qoʻshini, t. y. tarkiblarini yoʻq qilishda yonuvchi suyuqliklar (benzin, kerosin, neft, toshkoʻmir smolasi) aralashmasi aviatsiya yordamida maxsus yondiruvchi baklardan purkaladi. Yondiruvchi vositalar sifatida oq fosfor bilan uglerod sulfid aralashmasi (20:1 nisbatda) ham ishlatiladi. Bunday aralashma bilan toʻldirilgan snaryad va minalar portlaganda katta maydonlarga sochilib ketadi, inshoot, texnika va odamlarga shikayet yetkazadi. Hoz. zamon armiyalari ixtiyorida Yondiruvchi vositalarning turlituman xillari bor.


Lotin alifbosida maqola: YONDIRUVCHI VOSITALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Bunyod Saidov - Kapalakdin
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
HARBIY SANʼAT
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты