XOʻJA SINON

XOʻJA SINON (1489/1490, Kaysari — 1588, Istanbul) — turk meʼmori va muhandisi, 1538-y. dan Sulton Sulaymon I huzurida bosh meʼmor. X. S. Vizantiya meʼmorligini ijodiy oʻrgangan. Uning bevosita rahbarligida juda koʻp saroy, masjid, maqbara, istehkom, koʻpriklar va b. inshootlar bunyod etilgan. X. S. yaratgan binolar, asosan, markaziy gumbazli boʻlib, ulugʻvorligi, interyerlarining kengligi va hashamatliligi, yaxlit mujassamoti bilan diqqatga sazovor: Istanbuldagi Shahzoda (1548), Sulaymoniya (1550—57), Edirnedagi Salimiya (1569—75), Yevpatoriya (Ukraina)dagi Jome (1552) masjidlari va b.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJA SINON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURKIYA
UKRAINA
VIZANTIYA
TOSHKENT
TEMURIYLAR


Добавить комментарий