YONILGʻI FILTRI

YONILGʻI FILTRI — yonilgʻini mexanik aralashmalar va suvdan tozalaydigan qurilma. Ichki yonuv dvigatelitl yonilgʻi bilan taʼminlash tizimida qoʻllaniladi. Yonilgʻi yaxshi tozalanmasa, karbyuratorli dvigatelda jiklyorlarni, dizelsa yonilgʻi nasosi va forsunkani ifloslantirib, ularni ishdan chiqarishi mumkin. Dizel dvigatellarida bir yoʻla dagʻal va mayin tozalovchi Yonilgʻi filtridan foydalaniladi. Dagʻal tozalovchi Yonilgʻi filtri tirqishli metall lenta yoki plastinkalardan iborat boʻlib, yirik zarralarni tutib qoladi. Mayin tozalovchi Yonilgʻi filtri paxta, ip (qogʻoz) va fetr (maxsus jun) dan tayyorlanib, yonilgʻini juda mayda aralashmalardan tozalaydi. Karbyuratorli dvigatellarda toʻrli va plastinkali filtrlar qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YONILGʻI FILTRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICHKI YONUV DVIGATELI
YONILGʻI NASOSI
JUN
QOGʻOZ
PAXTA TERISH MASHINALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты