XOʻJAYEV Nizomiddin Asomiddinovich

XOʻJAYEV Nizomiddin Asomiddinovich (1885 — Toshkent — 1942) — siyosat va jamoat arbobi. Boshlangʻich rustuzem maktabi (1900) va Oʻrta Osiyo universitetining ijtimoiy fanlar ftida (1929) oʻqigan. 1901-y. da Toshkentdagi Ilin bosmaxonasida ishchi boʻlib ishlagan. «Turon» jamiyatida faol katnashgan (1913—17). 1916-y. dan Oʻrta Osiyoda koʻtarilgan qoʻzgolonni kuvvatlab, xalkni podsho Rossiyasiga qarshi kurashga daʼvat etgan. Fevral inqilobi (1917)dan soʻng Toshkent Eski shahar hunarmandlar uyushmasi rahbari, oziq-ovqat qoʻmitasi aʼzosi. Turkiston muxtoriyatini quvvatlab, Toshkentda oʻtkazilgan namoyishning tashkilotchilaridan biri (1917-y. dek.). Keyinchalik bolsheviklarga yaqinlashib, partiya safiga kirgan (1918). Toshkent Eski shahar soveti Ijroiya qoʻmitasi raisi, Eski shahar partiya komiteta kotibi (1918 — 19). Fargona viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi, Turkiston ASSR MIQ aʼzosi (1919—20). Turkiston Kompartiyasi huzuridagi Musulmonlar byurosi ishida qatnashgan.

X. 1921—23 y. larda Butun Rossiya yogʻoch sanoati viloyat boʻlimi va Turkiston Kompartiyasi Markaziy Nazorat komissiyasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1924-y. martda Xorazm Xalq Sovet Respublikasshg. masʼul lavozimga joʻnatilgan. Keyinchalik Oʻzbekiston SSR Davlat Plan komissiyasida prezidium aʼzosi (1929—32; 1933-y. dan), Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklari va sanʼatini saqlash komiteti raisi (1932—33). 1934-y. dagi «tozalash» kompaniyasidan keyin ijtimoiy faoliyatdan chetlashtirilgan. Keyinchalik Qatagʻon qilingan va 1942-y. da otib tashlangan. Ulimidan soʻng oklangan. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi qoʻyilgan.

Ld..Azizzoda L. Yangi hayot kurashchilari. T., 1977; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T. 2000; Rajabov Q., Haydarov M. Turkiston tarixi (1917— 1924), T., 2002.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAYEV Nizomiddin Asomiddinovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
JADIDCHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты