YONLAB SUZARLAR

YONLAB SUZARLAR, har xil oyoqlilar (Amphipoda) — qisqichbaqasimonlar turkumi. Tanasining uz. 1—2 sm dan 28 sm gacha, koʻpincha ikki yon tomondan siqiq. 1—2 koʻkrak boʻgʻimi boshi bilan qoʻshilib ketgan. 2 juft oldingi koʻkrak oyoqlarida qisqichlari, barcha oyoqlarida jabralari boʻladi. Qorin boʻlimida 3 juftdan ikki shoxli suzgichlari va sakrovchi oyoqlari bor. Sayoz suvda yonida suzadi (nomi shundan olingan). 4500 ga yaqin turi maʼlum. Koʻpchiligi dengiz va chuchuk suv havzalari tubida yoki planktonda, ayrim turlari tuproqsa hayot kechiradi. Chuchuk suv havzalarida, ayniqsa, Baykal koʻlida Yonlab suzarlarlar koʻp (240 tur). Hammaxoʻr, faqat planktonda yashaydigan turlari orasida yirtqichlari bor. Kit bitlari (Guamidae) kitlarda ektoparazitlik qiladi. Tuxumlari urgʻochisi koʻkragidagi tuxum xaltasida rivojlanadi. Chuchuk suvlarda Gammarus avlodi turlari keng Tapkalgan. Yonlab suzarlar suv hayvonlari, ayniqsa, baliqlarning asosiy ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: YONLAB SUZARLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
BALIQLAR
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты