YONUVCHI TABIIY GAZLAR

YONUVCHI TABIIY GAZLAR — Yer poʻstining choʻkindi gʻilofida erkin toʻplamlar hamda erigan (neftda va qatlam suvlarida), tarqoq (jinslarda shimilgan) gaz kondensata va qattiq (gazogidrat uyumlarida) holda uchraydigan metan qatoridagi uglevodorodlar va uglevodorod boʻlmagan komponentlar aralashmalari. Yonuvchi tabiiy gazlarga asosan metan (85—90%), etan, propan, butan, izobutan va pentan kiradi. Yonuvchi tabiiy gazlardan olinadigan energiya jahrn energetika balansining 22% ni tashkil etadi. Tabiatdagi barcha gazlarnit asosiy kismi (90% dan ortiq) Yonuvchi tabiiy gazlardan iborat. Yonuvchi tabiiy gazlar konlari 1,5 km dan chuqurda joylashganda deyarli faqat metandan, qisman uning gomologlari (etan, propan, butan), azot, argon goho karbonat angidridi va vodorod sulfidi qoʻshimchalaridan iborat boʻladi. Chuqurlik ortishi bilan metan gomologlarining miqdori koʻpayib boradi. Gaz kondensata konlarida metanga nisbatan uning gomologlari koʻproquchraydi. Baʼzi bir gaz konlarida karbonat angidridi, vodorod sulfidi va azotning koʻpligi kuzatiladi. Yonuvchi tabiiy gazlar konlari hamma geologik sistemalar yotqiziqlarida, proterozoyning oxiridan boshlab turli chuqurliklarda, koʻpincha 3 km gacha uchraydi. Yonuvchi tabiiy gazlar choʻkindi togʻ jinslaridagi organik moddalarning katagenik qayta oʻzgarishidan hosil boʻladi (q. Yer pusti gazlari) va migratsiya yoʻllaridagi tutqichlarda toʻplanadi. Gaz uyumlari tuzilishiga koʻra massiv va qatlamli boʻladi. Katlamli uyumlarda gaz maʼlum qatlam (kollektor)da toʻplanadi, massiv uyumlarda esa maʼlum qatlamlarda toʻplanmaydi. Qatlamli uyumlarning qubbali turi koʻproq tarqalgan. Yonuvchi tabiiy gazlarning dunyo boʻyicha zaxirasi kontinent, shelf zonalari va sayoz dengizlarda joylashgan. Yonuvchi tabiiy gazlarning jahondagi zaxirasi 113 trln. m3 dan koʻproq (1992). Eng yirik gaz konlari Rossiya, AKSH, Eron, Niderlandiya, Jazoir, Turkmaniston, Oʻzbekiston (Shoʻrtan) da bor. Yo. t. g. iqtisodiy jihatdan eng tejamli yonilgʻi hisoblanadi. Yonish issikligi oʻrtacha 32,7 MJ/mʻ (7800 kkal/m3). Elektr styalari, metallurgiya, sement va shisha sanoatida, qurilish materiallarini i. ch. da, kommunal maishiy ehtiyojlarda, xonadonlarni gazlashtirishda keng ishlatiladi. Yonuvchi tabiiy gazlar tarkibidagi uglevodorodlar metil spirti, formaldegid, atsetaldegid, sirka kislotasi, atseton va organik birikmalarni i. ch. da xom ashyo hisoblanadi. Ad.: Shirkovskiy A. I., Razrabotkam ekspluatatsiya gaz i gazokondensatnыx mestorojdeniy, M., 1979; Sokolov V. A., Gazы zemli, M., 1966; Jijchenko B. P., Uglevodorodnыye gazы nedra, M., 1984.


Lotin alifbosida maqola: YONUVCHI TABIIY GAZLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YER POʻSTI GAZLARI
OKEAN
GAZ KONLARI
VODOROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты