XOʻJAYEV Toshxuja Umarovich

XOʻJAYEV Toshxuja Umarovich (1922.1.9 Toshkent 1975.22.5) rej. aktyor, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1951). 195060-y. larHamza teatrida rej., bosh rej., ayni vaqtda (1957—70 y. lar) Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida pedagog. 197075-y. lar «Oʻzbekfilm»da kinoaktyorlar studiyasiga rahbar, aktyor sifatida ishlagan. Zamonaviy rejissuraga xos maksimal aniqlik, har bir detal va xattiharakatni simvol darajasiga kutarish uslubi, keng qamrovlilik, yetakchi murabbiylik X. ijodiga xos. «Skapenning nayranglari» (J. B. Molyer) X. ning sahnaga qoʻygan ilk spektaklidir. «Mangu hayot» (Bragin va Tovstonogov), «Shohi soʻzana» (A. Qaxdor, A. Ginzburg bilan xamkorlikda), «Yurak sirlari» (B. Raxmonov), «Ayajonlarim» (A. Kahhor), «Qutlugʻ qon» (Oybek), «Shaxsiy ish» (A. Shteyn), «Oltin devor» (E. Vohidov), «Yurak yonmogʻi kerak», «Chin muhabbat» (O. Yoqubov), «Hurriyat» (Uygʻun), «furqat» (T. Xoʻjayev oʻz pyesasi asosida, B. Avazov bilan hamkorliqda), «Sarvqomat dilbarim» (Ch. Aytmatov), «Oʻgʻirlangan umr» (M. Kaoru), «Monserra» (Robles) kabi spektakllarida yumor, satira va lirik yondashuvlarni, spektakl mazmunini aktyor ijrosiga uygunlashtira oldi. Shuningdek, Rus drama teatrida «Bayramning birinchi kuni» (N. Hikmat), Mukimiy teatrida «Gʻazal fojiasi» (A. Bobojon) singari spektakllar qoʻygan. U «Sarvqomat dilbarim» (Ch. Aytmatov) spektaklini Tatariston teatrida ham sahnalashtirgan. X. bir qancha chet el mumtoz dramaturgik asarlar va K. S. Stanislavskiyning «Aktyorning uz ustida ishlashi» asarini oʻzbek tiliga tarjima kilgan. Abdulla Toʻqay nomidagi Tatariston Davlat va Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari laureati (1966, 1970).

Toshpoʻlat Tursunov.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAYEV Toshxuja Umarovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TOSHKENT
XALQ IJODI
ROSSIYA
OYBEK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты