YOPISHQOQ BAKTERIOZ

YOPISHQOQ BAKTERIOZ — gʻoʻzaning bakterial kasalligi. Koʻsaqlar yetilayotgan davrda hasharotlar (beda qandalasi va b.) jarohatlagan joyida zamburugʻ va bakteriyalar taʼsirida paydo boʻladi. Natijada tola chiriydi, bijgʻiydi va koʻsakdan qoʻngʻirsargʻish yelim shira — yopishqoq modda ajralib turadi (nomi shundan). Kasallik avj olganda tola butunlay yoki qisman qoʻngʻirsariq, sanoatda foydalanib boʻlmaydigan yopishqoq holga keladi. Kasallik kuchsizroq boʻlganda tola shakli qisman oʻzgaradi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqasida Yopishqoq bakterioz hamma yerda uchrab, uning tarqalishida beda qandalasining ishtiroki katta. Kurash choralari: beda qandalasiga qarshi xlorofos yoki karbofos, piretroidlardan ambushning 25%li (0,6 kg/ga), sherpaning 25% li emulgirlanuvchi konsentrati (0,3 kg/ga) purkaladi.


Lotin alifbosida maqola: YOPISHQOQ BAKTERIOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
BAKTERIYALAR
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий