XOʻJAYEVA Salimaxon Shoyusupovna

XOʻJAYEVA Salimaxon Shoyusupovna (1916.1.1 — Toshkent — 2004.9.6) — opera xonandasi (lirikdramatik soprano), Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Moskva oʻzbek opera studiyasi (1941) va Toshkent konservatoriyasi (1945)ni tugatgan. Navoiy teatrida yakkaxon xonanda (1941— 67). Katta Fargʻona kanali qurilishida (1939), 2-jahon urushi davrida harbiy qismlarda madaniy xizmat koʻrsatgan. Toshkent konservatoriyasi (1961—72), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati inti (1972—84)da pedagog.

Xoʻjayevaning yoqimli, jozibador ovozi, nurli chehrasi, yuqori vokal va aktyorlik maxrrati oʻzbek va chet el mumtoz operalarida ijro etgan asosiy partiyalarda namoyon boʻlgan: Layli («Layli va Majnun»), Zuhra («Tohir va Zuhra»), Shirin («Farhod va Shirin»), Tana («Er Targʻin», B. Brusilovskiy), Nigor («Koʻr oʻgʻli», U. Hojibekov), Tatyana, Liza, Iolanta (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin», «Iolanta»), Karmen (J. Vize, «Karmen»), Lyubasha (N. RimskiyKorsakov, «Shoh qayligʻi») va b. Konsert repertuaridan oʻzbek xalq qoʻshiqlari («Qoshlari qalamlar» va b.), chet el kompozitorlari (Gendel, Motsart, Shubert, Glinka, Chaykovskiy va b.) asarlari keng oʻrin olgan. Shu bilan birga X. oʻzbek bastakor va kompozitorlarining qoʻshiq va romanslarining ilk ijrochisi sifatida ham tanildi: T. Sodiqovning «Bahor», M. Burhonovning «Tabassum qilmading», «Ishqida» va b., A. Muhammedovning «Alla», Ham. Rahimovning «Sevimli yor» va b.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAYEVA Salimaxon Shoyusupovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
ZOKIROVLAR
ALISHER NAVOIY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты