YOPIQ BIOTEXNIK TIZIM

YOPIQ BIOTEXNIK TIZIM (kos monavtikada) — kosmik kemaning tashqi muhit bilan modda almashinmaydigan, lekin tashqaridan energiya oladigan va uni oʻsha mikdorda sarflaydigan tizimi. Bir qancha tirik organizmlar majmuidan iborat; ularning modda almashinuv maromi birbiriga moslangan boʻladi. Zich (germetik) yopiq tizimda odamlarning yashashi uchun shart boʻlgan moddalar (oziqovqat, suv va kislorod) biokompleksga kiradigan tirik organizmlar (oʻsimlik, hayvonlar, odam va b.) ning yashash jarayonida hosil boʻladigan chiqindilarni qayta ishlab tayyorlanadi. Yopiq biotexnik tizimni tuzishda biokompleksga kiruvchilar sonini imkon boricha kam olish, modda almashinuvini tezlashtirish, bu aylanma jarayondan chetga chiqib qoladigan moddalar paydo boʻladigan jarayonlarni bartaraf qilish lozim va h. k. Odamlarning uzoq muddat (mas, 1 yil) Yo. b. t. da yashashi mumkinligi amalda sinab koʻrilgan.


Lotin alifbosida maqola: YOPIQ BIOTEXNIK TIZIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YAPONIYA
KOSMONAVTIKA
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты