XOʻJAIKON TUZ KONI

XOʻJAIKON TUZ KONI — Surxon dare viloyatining Sherobod tumanidagi kon, 1942-y. da ishga tushirilgan. Kon yotiq sinklinal burmada joylashgan, bunda tuz qatlamlari teskari qatlamlangan boʻlib, oq tuzlar yuqori, qizil tuzlar pastda joylashgan. Kizil tuz katlamlarida kaliy tuzlarining 6 qavati ajralib turadi. Tuzlarning razvedka qilingan zaxirasi 46 mln. t, yiliga 150 ming t. dan karyerlardan qazib olinmoqda. Xoʻjaikon tuz konida osh tuzi yirik donali, tarkibida 92,3 — 99,7% NaCl mavjud. Kondagi osh tuzi qatlamining qalinligi 350—400 m ga yetadi. Rangi oq, sariq, pushti, qizil. Tuz qatlamlari 150—300 m qalinlikdagi qum, gil, qumtosh, ohaktosh kabi toʻrtlamchi va quyi boʻr davrlariga mansub yotqizikdar bilan qoplangan. Xoʻjaikon tuz koni hozirgi kunda mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonasidir. Yiliga 93 ming t osh tuzi qazib chiqarilmoqda. 1995-y. AQSHdan keltirilgan jihozlar bilan ishlaydigan isteʼmol tuzi i. ch. liniyasi ishga tushirilgan.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAIKON TUZ KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты