XOʻJAIPOK

XOʻJAIPOK — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi daryo, Surxondaryoning oʻng irmogʻi. Boysuntogʻning sharqidagi Xoʻjabuzboraktogʻdan 3360 m balandlikdan boshlanadi. Uz. 91 km, havzasining mayd. 765 km2, oʻrtacha bal. 695 m. Yillik oʻrtacha suv sarfi 16,8 m3/ sek. dan (koʻp suvli 1969-y. da) 2,49 m3/sek. gacha (kam suvli 2001-y. da) oʻzgaradi. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Daryoning gidroenergiya zaxirasi 1 mlrd. kVt/soat. Xoʻjaipokdan ekinzorlarni sugʻorishda foydalaniladi. Qayroq, Duoba, Diybola, Qoʻrgʻoncha, Oqsuv, Fangart qishloqlaridan oqib oʻtadi. Xoʻjaipokning turli qismlari qaysi qishloq yonidan oʻtishiga qarab Xalqajar, Qizilsuv, Xoʻjabuzborak, Qoʻrgʻonchasoy, Tentaksoy deb yuritiladi.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAIPOK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRDARYO
SURXONDARYO VILOYATI
AMUDARYO
YER
DARYO


Добавить комментарий