YOPIQ TELEVIZION TIZIM

YOPIQ TELEVIZION TIZIM — uzatuvchi kameralari qabul qiluvchi qurilmalar bilan mahalliy aloqa kabel liniyalari yordamida tutashgan televizion tizim. Tasvir va tovush signallarini uzatuvchi televizion eshittirish tizimlaridan Yopiq televizion tizimning farqi shuki, unda faqat tasvir signallari uzatiladi. Uning uzatish kamerasida ogʻdirish tizimi boʻlgan uzatuvchi kamera (superortikon yoki vidikon) va videosignallarni oldindan kuchaytirgich qurilma joylashtirilgan. Kamera masofadan turib yoki avtomatik tarzda boshqariladi. Ulardan eng oddiysi bir kanalli Yopiq televizion tizim hisoblanadi. U uzatuvchi kamera va qabul qiluvchi qurilmalardan iborat. Uzatuvchi va qabul qiluvchi trubkalarning ogʻdiruvchi tizimlariga qabul qiluvchi qurilmada joylashgan umumiy generatordan tok keladi. Yopiq televizion tizimdan sanoatda, transportda, tibbiyot va b. da turli amaliy masalalarni yechishda foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YOPIQ TELEVIZION TIZIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TELEVIDENIE
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты