XOʻJAYLI TUMANI

XOʻJAYLI TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1926-y. 14 yanv. da tashkil etilgan. Amudaryoning chap sohilida joylashgan. Shim. dan Nukus, jan. sharkdan Qoraoʻzak, shim. gʻarbdan Qanlikoʻl, Shumanay tumanlari, gʻarb va jan. dan Turkmanistonning Koʻhna Urganch tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,85 ming km2. Aholisi 146,4 mint kishi (2004). Tumanda 9 ovul fuqarolari yigʻini (Amudaryo, Begjap, Janajap, Kenagas, Koʻlob, Naymankoʻl, Saroykoʻl, Sarichunkoʻl, Somonkoʻl), 1 shahar (Xoʻjayli), 1 shaharcha (Vodnik) bor. Markazi — Xoʻjayai sh.

Tabiati. Relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Ikdimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha tra 11°. Yanv. ning oʻrtacha trasi —6,9°, eng past tra —32°. Iyulning oʻrtacha trasi 27,1°, eng yuqori tra 44». Vegetatsiya davri 196 kun. Yiliga 120 mm yogʻin tushadi. Tuman xududi orqali Qoʻngʻirot va b. kanallar oqib oʻtadi. Oʻsimliklardan chiy, qamish, qoʻgʻa, qoʻytikan, roʻvak, bugʻdoyiq, ajriq, qorabaroq, oqbosh, qaragʻay, yulgʻun, turangʻil, yovvoyi jiyda, tol, selin va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar; qushlardan oʻrdak, gʻoz, oqqush, qoʻton, birqozon, chittak, inuya, dehqonchumchuq, qizilishton, sassiqpopishak, zargʻaldoq va b. uchraydi. Tuproklari, asosan, qumli choʻl tuproqlar. Foydali qazilmalardan poydevorda ishlatiladigan tosh olinadi (Sarichunkoʻl, Naymankoʻl).

Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar va oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Ahrlining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 172 kishi (2004).

Xoʻjaligi. Tumanda 10 sanoat korxonasi (shu jumladan, un va yorma ktlari, sholi okdash, aralash yem zavodlari va b.), 4 avtokorxona, pochta, elektr aloqasi korxonalari, t. y. transporti, gaz quvurlari (RFning markaziy rnlari va Uralga gaz uzatadigan kompressor styalar), tikuvchilik fkasi, gilamchilik korxonasi va b. faoliyat koʻrsatadi.

Q. x. ning asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Gʻalla, sabzavot va poliz, kartoshka, sholi, yemxashak ekinlari ham ekiladi. 11 shirkat, 5 fermer xujalik uyushmasi bor. 490 dehqon xoʻjaligi tashkil etilgan. Tumandagi 329 ta fermer xoʻjaligi dehqonchilik, 69 tasi chorvachilik, 16 tasi bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 22,5 ming ga yerga q. x. ekinlari ekiladi. Xoʻjayli tumani dagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda qoramol, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi.

Tumanda 72 umumiy taʼlim maktabi, 2 maxsus internat maktabi, mehribonlik uyi, 4 oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish markazi ishlab turibdi.

9 madaniyat uyi, 3 klub, xalq teatri, madaniyat va istirohat bogʻi, 35 kutubxona aholiga xizmat koʻrsatadi. 3 kasalxona, 5 poliklinika, 2 dispanser, 10 qishloq vrachlik punkta, 4 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 14 feldsherakusherlik punkti, tez tibbiy yordam boʻlimi mavjud.

Tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Mizdaxqon oʻrta asr shahri xarobasi, uning xududida Gabr qalʼa tepaligi, Jumard tepaligi, Antakiya shahar tepaligi (14-a.), Mazlumxon Suluv maqbarasi (13-a. oxiri — 14-a. boshi), Shamun Nabi maqbarasi, Rajab Xalifa uyi, Qirq choʻpon yodgorligi saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAYLI TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
QANLIKOʻL TUMANI
AMUDARYO
XORAZM VILOYATI


Добавить комментарий