XOʻJAKENT GES

XOʻJAKENT GES — Chirchiq daryosining yuqori qismida, Chorvoq GES dan quyirokda. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoronkoʻl qishlogʻi yaqinida joylashgan. Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Styada umumiy kuvvati 165 MVt boʻlgan 3 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1971-y. da boshlangan. 1gidroagregati 1976-y. 10 dek. da foydalanishga topshirilgan, keyingi 2 agregati 1977-y. da ishga tushirilgan.

GES gidrouzeli tarkibiga bal. 40 m, uz. 597 m li toʻgʻon, 3 ta suv tashlama inshoot, stya binosi kiradi. GESdan elektr quvvati 110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi orqali sanoat korxonalariga yetkazib beriladi. 2003-y. da 688,1 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Oʻrta Osiyo «Energiya» birlashgan energetika tizimiga ulangan.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAKENT GES haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT VILOYATI
ENERGETIKA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты