XOʻJAKENT MAKONI

XOʻJAKENT MAKONI — mustye davri gʻorlari. Hoz. Xoʻjakent qishlogʻi (Toshkent viloyati) yaqinidagi qoyatoshlar orasidan topilgan (1957). Bir-biriga yondosh 2 ta ungurdan iborat. 1ungurdan 36 m2 maydon ochilib, uning 1—2qatlamlaridan ilk oʻrta asrlarga oid sopol idishlarning siniqlari va bir necha tosh qurollar, 3quyi qatlamidan esa, mustye davriga oid sariq xarsangtosh boʻlaklari va koʻpgina tosh qurollar topilgan. 10 dan ortiq yirik tosh, shuningdek, mayda nukleuslar uchraydi. Xoʻjakent makonidan tosh parrakcha, qirgʻich, oʻchoq oʻrni, uning atrofida qoraygan toshlar va qad. hayvonlarning suyak qoldiqlari, 2un gurdan esa har xil tosh qurollar va hayvon suyaklari topilgan. Xoʻjakent makonida yashagan neandertallar ovchilik va terimchilik bilan kun kechirganlar.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAKENT MAKONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
PALEOLIT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты