YOPPASIGA TANLASH

YOPPASIGA TANLASH — oʻsimliklarni nav standartlariga muvofiq keladigan tashqi belgilari (fenotip)ga qarab tanlash. Oʻsimliklar seleksiyasi usullaridan biri. Tanlab olingan oʻsimliklardan olingan urugʻlik, lab. tahlili oʻtkazilib, saralangach (yaroqsizlari ajratilgach), bir paykalga ekiladi. Shunga koʻra, boʻlajak nav saralangan eng yaxshi oʻsimliklar avlodi boʻladi. Yoppasiga tanlashni baʼzan pozitiv usul deb ataladi. Bu usul AQSH va b. mamlakatlarda gʻoʻza urugʻchiligida keng qoʻllaniladi. Yoppasiga tanlashning bir koʻrinishi boʻlgan negativ tanlash (notipik va aralashma oʻsimliklarni yaroqsizga chiqarish) asosan Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmanistonda qoʻllaniladi. Yoppasiga tanlashni bir marta va koʻp marta oʻtkazish mumkin. Bir martali Yoppasiga tanlash oʻzidan changlanuvchi ekinlarda, koʻp martalisi chetdan changlanuvchi oʻsimliklarda yaxshiroq samara beradi. Chetdan changlanuvchi ekinlarda qimmatli xoʻjalik belgilarini saqlab qolish uchun navi. ch. dan olinguniga qadar boʻlgan davr davomida Yoppasiga tanlash oʻtkaziladi. Bunday tanlash uzluksiz tanlash deb ataladi. Populyatsiyalar ekiladigan sharoitlarga yaxshi moslashgan hollardagina Yoppasiga tanlash yaxshi natija beradi. Yoppasiga tanlash usuli bilan turli ekinlarning xalq seleksiyasida mahalliy navlari ham yaratilgan. Yoppasiga tanlashning kamchiliklaridan biri tanlanayotgan oʻsimliklarning kelib chiqishini tekshirish imkoniyati yoʻkligidir. Bu kamchilik seleksiyada keng tarqalgan yakka tanlash usuli bilan bartaraf etiladi (yana q. Tanlash).

Yoʻldosh Uzoqov.


Lotin alifbosida maqola: YOPPASIGA TANLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOJIKISTON
SELEKSIYA
TOSHKENT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты