YORDAMCHI MAKTAB

YORDAMCHI MAKTAB — aqli zaif bolalar oʻqiydigan maxsus taʼlim tarbiya muassasasi. Oʻzbekistonda dastlab 1935-y. Toshkent sh. da ochilgan. Asosan aqli zaif (oligofreniyanij debillik darajasidagi) hamda keyinchalik turli kasalliklar tufayli aqli zaif boʻlib qolgan bolalar qabul qilinadi. Maxsus taʼlimga muhtoj boʻlgan bolalar tibbiy psixologikpedagogik komissiya tomonidan belgilanadi. Yordamchi maktab dagi akli zaif bolalar uchun maxsus taʼlimtarbiya OʻzRning «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni (1997) asosida amalga oshiriladi. Yordamchi maktab OʻzR Xalqtaʼlimi vazirligi tizimiga kiradi. Yordamchi maktabda akli zaif bolalarga maxsus taʼlim davlat standartlariga muvofiq maktablarning boshlangʻich sinfi hajmiga toʻgʻri keladigan va qisman umumiy oʻrta taʼlimni amalga oshiruvchi maxsus taʼlim dasturi, rejasi va darsliklar asosida olib boriladi. Oʻqish muddati — 9 y. Yo. m. da har bir sinfga 10—12 oʻquvchi qabul qilinadi. Maktabdagi oʻquv vaqtining 1/3 qismi (4sinfdan boshlab) mehnat taʼlimiga ajratiladi. Yordamchi maktab larda duradgorlik, kashtachilik, tikuvchilik, qishloklardagi Yordamchi maktab larda q. x. ishlari oʻrgatiladi. Yordamchi maktab larning asosiy maqsadi bolalarni akliy jihatdan korreksiyalash (tuzatish) va jismoniy jihatdan sogʻlomlashtirish, tarbiyalash, Yordamchi maktab hajmida bilim, koʻnikma va malakalar bilan qurollantirish, ularni amaliy faoliyatga tayyorlash, nutqidagi nuqsonlarni tuzatish hamda ijtimoiy hayotga moslashtirishdan iborat. Yordamchi maktabda taʼlimtarbiya ishlarini oligofrenopedagog mutaxassislar olib boradi. Yordamchi maktabda vrachpsixonevrolog, tibbiyot hamshiralari ham ishlaydi. 2000/2001 oʻquv yili boshi OʻzRda 19 Yordamchi maktab (4769 oʻquvchi) va 32 yordamchi internat maktabi (6502 oʻquvchi) ishladi.

Lola Moʻminova.


Lotin alifbosida maqola: YORDAMCHI MAKTAB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XALQ TAʼLIMI
GERMANIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты