XOʻJALIK FAOLIYATI SOHASIDAGI JINOYATLAR

XOʻJALIK FAOLIYATI SOHASIDAGI JINOYATLAR — xoʻjalik faoliyatini tashkil etish yoki bevosita i. ch. jarayoni bilan bogʻliq holda yuzaga kelib shaxsning sogʻligʻiga yoki jamiyat manfaatlariga yoxud davlatning iktisodiy tizimiga zarar yetkazuvchi jinoyatlar. Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarni 2 guruhga: xoʻjalik faoliyatini tashkil qilish bilan va bevosita xoʻjalik i. ch. jarayoni bilan bogʻliq holda yuzaga keluvchi jinoyatlarga boʻlish mumkin. Xoʻjalik faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq holda yuzaga keluvchi jinoyatlar asosan i. ch. jarayonidan oldingi bosqichda, yaʼni xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun zarur tashkiliy choratadbirlarni amalga oshirish bosqichida yuzaga keladi. Ushbu guruhdagi jinoyatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi JKga koʻra, savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shugʻullanish, faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish, qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish, raqobatchini obroʻsizlantirish kabi jinoyatlar kiradi. Bevosita xoʻjalik i. ch. jarayoni bilan bogʻliq holda yuzaga keluvchi jinoyatlar asosan mahsulot i. ch., xizmat lar koʻrsatish, ishlar bajarish jarayonida, shuningdek, xoʻjalik faoliyati natijalarini realizatsiya qilish bosqichida yuzaga keladi. Ushbu guruhdagi jinoyatlarga Oʻzbekiston Respublikasi JKga koʻra, sifatsiz mahsulot i. ch. va sotish, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda i. ch. yoki muomalaga kiritish, savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish kabi jinoyatlar kiradi.

Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar oddiy va maxsus subyektlar tomonidan sodir etilishi mumkin. Jinoyatning oddiy subyektiga xoʻjalik mahsulotlarini i. ch., xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarishni bevosita amalga oshiradigan, tashkil qiladigan, shuningdek, realizatsiya qiladigan fuqarolar kiradi. Bunday subyektlar tomonidan jinoyat sodir etilishi Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarning asosiy tarkibini tashkil etadi. Jinoyatning maxsus subyektlariga mansabdor shaxslar, uyushgan guruh, takroran jinoyat sodir etgan shaxslar hamda xavfli retsidivistyaar kiradi. Ushbu toifadagi jinoyatlar maxsus subyektlar tomonidan sodir etilganda jinoyatni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida inobatga olinishi kerak. Yaʼni xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarni oddiy yoki maxsus subyektlar tomonidan sodir etilishi jinoyat kvalifikatsiyasiga bevosita taʼsir qiladi.

Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar, asosan, harakat bilan, ayrim hollarda aralash tarzda (harakat va harakatsizlik bilan) sodir etilishi mumkin (savdo yoki vositachilik faoliyati bilan konunga xilof ravishda shugʻullanish), faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish. Ushbu toifadagi jinoyatlar fakat bir holatda, yaʼni savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish jinoyatida harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin. Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar aksariyat hollarda qasddan, shuningdek, ehtiyotsizlik orqali ham sodir etiladi.

Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar uchun jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum etish kabi jazolar qoʻllanadi. Bunday jinoyatlarning deyarli barchasida muayyan huqukdan mahrum etish jazosi asosiy jazo sifatida qoʻllanishi ushbu toifadagi jinoyatlar uchun jazo tayinlashning oʻziga xos xususiyatidir. Mirzayusuf Rustamboyev.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJALIK FAOLIYATI SOHASIDAGI JINOYATLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
IQTISODIY JINOYATLAR
TARIX
JINOYATLARNI TASNIFLASH
XITOY


Добавить комментарий