YORDAMCHI XOʻJALIKLAR

YORDAMCHI XOʻJALIKLAR — korxona va tashkilotlarning asosiy faoliyatiga bevosita bogʻliq boʻlmagan, lekin ularning ichki i. ch. imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashkil etiladigan qoʻshimcha tarkibiy xoʻjalik yuritish boʻlinmasi. Yordamchi xoʻjaliklar tashkil etishning muhim talablaridan biri korxonaning asosiy faoliyati natijasida u yoki bu qoʻshimcha mahsulot yoki buyum i. ch. ga kerakli boʻlgan chiqit va shunga oʻxshash resurslarning yetarli mikdorda doimiy mavjud boʻlishidir. Yordamchi xoʻjaliklarda asosan korxonaning oʻz ishchixodimlari ishlaydilar. Noqishloq xoʻjalik korxona va tashkilotlar tarkibida Yordamchi xoʻjaliklar koʻp xrllarda asosan oʻz ishchixodimlarini q. x. mahsulotlari b-n taʼminlash maqsadida tashkil etiladi. Ishlab chiqarilgan sabzavot, meva, uzum, goʻsht, sut va b. mahsulotlar korxonaning oshxonasi, bogʻchasi, dam olish uylariga beriladi va ayrim hollarda maxsus magazinlari orqali ishchixodimlarga arzon narxlarda sotiladi. Umuman isteʼmol tovarlarini koʻpaytirish, korxona va tashkilotlarning ichki resurelaridan toʻliqfoydalanishda Yordamchi xoʻjaliklar muayyan ahamiyatga ega. Qurbon Choriyev.


Lotin alifbosida maqola: YORDAMCHI XOʻJALIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XITOY


Добавить комментарий