YOR-YOR

YOR-YOR — nikoh toʻyi marosimlari jarayonida aytiladigan xalq qoʻshigʻi. Qadim zamonlardan oʻzbek, tojik, uygʻur va turkman xalqlari orasida keng tarqalgan. Ikkilik yoki toʻrtlik shaklidagi termalardan iborat boʻlib, har bandning oxiri, baʼzan oʻrtasida «Yoryor, aylanaman» kabi soʻzlar qoʻshib aytiladi. Odatda, doira joʻrligida, kelinni kuzatayotgan ayollar tomonidan, Fargʻona vodiysi (Fargʻona, Oʻsh, Xoʻjand) va Zarafshon vohasida kelinnikiga ketayotgan yigitlar tomonidan ham ijro etiladi. Yoryorda kelinning xususiyatlari, uning hayoti, orzuistaklari, yaxshi tilak va qutlovlari kuylanadi. Yoryorlarning favqulodda taʼsirchanligi ularda bir vaqtning oʻzida ham mungli yigʻi (ohangida), ham bayramona shodiyonalik (usulda) kayfiyatlari mujassam etilganligidadir. Xalq yor-yorlari taʼsirida yozma adabiyotda ham yor-yorlar yaratilgan. Navoiyning «Mezon ul-avzon», Boburning «Mufassal» asarlaridagi yor-yor matnlari teranligi va jozibadorligi b-n ajralib turadi. Oʻzbekiston viloyatlari (Buxoro, Fargʻona, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va b.) ning yoryorlari oʻziga xos xususiyatlarga ega. Kuylari mungli, jozibali, oʻynoqi, mazmuni lirik, hajv, madhiya ham boʻlishi mumkin. Yor-yorlar turli folkloretnografik ansambllar repertuaridan, oʻzbek bastakor va kompozitorlari ijodidan ham salmoqli oʻrin olgan.


Lotin alifbosida maqola: YOR-YOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
TOJIKISTON
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты