YORIB OʻTISH

YORIB OʻTISH (harbiyda) hujum harakatlari usullaridan biri. Dushmanning jangovar texnikasi va askariy kuchlarini tormor qilgan holda uning avvaldan tayyorlab qoʻyilgan yoki shoshilinch tashkil etilgan mudofaasini bosib oʻtish. Yorib oʻtish orqali maʼlum uchastkadagi dushman mudofaasi artilleriya oʻqi, aviatsiya zarbalari va b. vositasida yemirib tashlanadi va frontning ichkarisi tomon quruqlikdagi qoʻshinlarni shiddatli hujumi uchun qulaylik yaratiladi. Baʼzan dushman mudofaa chizigʻi ochiq qanotlar mavjud boʻlganda hujum operatsiyalari Yorib oʻtish siz hal qilinishi mumkin. Yorib oʻtish hujum operatsiyalarida asosiy va hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Yorib oʻtish usullari yangi qurolyarogʻlarning paydo boʻlishi va armiyalarning qurollanganligiga qarab yangi jangovar imkoniyatlar bilan boyib boradi.


Lotin alifbosida maqola: YORIB OʻTISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HARBIY SANʼAT
JANGOVAR TARTIB
YER
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты