YORILTOSH

«YORILTOSH» — oʻzbek xalq ertagi. Mavzui keng tarqalgan. Xorazmda «Oltin beshik», Toshkent, Buxoro, Samarkand, Fargʻonada «Yoriltosh», «Ochil, ochil qamishlar» nomi bilan mashhur. Mazkur variantlarning mavzu va gʻoyasi mushtarak, ayrim epizodlaridagina farq bor. Haqiqat va ezgulikning yomonlik ustidan tantanasi «Yoriltosh»ning gʻoyaviy mazmunini tashkil etadi. Ertak qahramonlari sehrjodu taʼsirida boʻladilar. Singilning tosh va kiyikka aylanishi, ayolning suv ostida ikki farzand koʻrishi kabi hodisalar tilsim bilan bogʻliq boʻlib, sehr yechilganda ular oʻz asliga qaytadilar. Opasingillarning tabiat kuchlarini ilohiylashtirib, muqaddas bilib topinishi, madad soʻrashida ibtidoiy inson tafakkuri bilan bogʻliq boʻlgan mifologik va animistik tasavvurlar aks etgan. R. Moʻminning bu ertak asosida yaratgan asari 20y. larda kator oʻzbek teatrlarida sahnalashtirilgan. Keyinchalik Shukur Saʼdulla «Yoriltosh» dramasini (1939) va kompozitor S. Boboyev bilan hamkorlikda «Yoriltosh» operasini (1967) yaratgan.


Lotin alifbosida maqola: YORILTOSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Yulduz Usmonova - Shukur
XALQ IJODI
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты