YORITILGANLIK

YORITILGANLIK — 1) fizikada — yuza birligi (mas, 1 m2)ga tushayotgan yorugʻlik oqimi.

2) qishloq xoʻjaligida — oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi, fotosintez jarayoni asosan Quyosh spektrining koʻzga koʻrinadigan qismi taʼsirida sodir boʻladi Quyosh taʼsirida Yoritilganlik noldan (Quyosh chiqishi va botishida) 100 ming lk gacha (tushga yaqin) oʻzgaradi. Bulutsiz osmonda sochma nurdan Yoritilganlik kamdankam vaqtda 15 ming lk gacha yetadi. Osmonda parsimon yoki parsimonqatlamli bulutlar boʻlganda va Quyosh tikkaga kelganda gorizontal yuzaning Yoritilganlik 70 ming lk gacha yetishi mumkin. Kalin past bulutlar, ayniqsa, momoqaldiroq hosil qiladigan bulutlar Yoritilganlikni keskin kamaytiradi. Yoritilganlik miqdori bilan yalpi hamda sochma radiatsiya oqimi oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud. Ularning nisbati yalpi (Ka) va sochma (Kg) radiatsiyaning yorugʻlik ekvivalenta yoki oʻtkazish (oʻtish) koeffitsiyenti deb ataladi. Oʻsimliklar muhitida yalpi radiatsiyaning vertikal taqsimlanishini hamda yalpi va sochma radiatsiyaning yorugʻlik ekvivalentini bilgan holda oʻsimlik qoplamida, xususan ekinzorlarda Yoritilganlikning taqsimlanishini anikdash mumkin. Ekinlarning Yo. Kattaligi yalpi (yoki sochma) radiatsiyaning unga muvofiq keladigan yorugʻlik ekvivalentiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi. Oʻrta Osiyo hududida bulutlilik juda kam boʻlgani uchun gʻoʻza yoki boshqa ekin maydonlarida Yoritilganlik tanqisligi sezilmaydi (yana. q. Kuyosh radiatsiyasi).


Lotin alifbosida maqola: YORITILGANLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FOTOSINTEZ
OKEAN
YORUGʻLIK
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты