XOʻJAMBERDIYEV

XOʻJAMBERDIYEV Tilash (1938.10.5, Boʻstonliq tumani Sijjak qishlogʻi — 2001.7.9, Toshkent) — sozanda (chang), bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1964). Oʻzteleradiokompaniyasida Doni Zokirov nomidagi xalq cholgʻulari orkestri sozandasi (1961-y. dan), xalq cholgʻu ansambli rahbari (1974-y. dan). Repertuaridan oʻzbek xalq («Kurd», «Ilgʻor» va b.) va bastakorlar (F. Sodiqovning «Ishq» kabi) kuylari, oʻzbek (T. Azimovning «Goʻzal diyorim», F. Xarratovning «Yoshlar valsi», T. Toshmatovning «Bahor armugʻoni») va chet el kompozitorlari (U. Hojibekovning «Koʻr oʻgʻli» operasidan raqs, uvertyura va b.) asarlari urin olgan. «Chang taronalari», «Sabolar aytdi», «Shodiyona», «Sarvigul», «Navroʻz navosi», «Gulchexra kiz oʻynasin» kabi chang uchun asarlar yaratgan. X. viloyatlarda xam turli ansambllar (mas, Fargʻona viloyatidagi «Rayhon» ashula va raqs ansambli va b.) tashkil etgan. Belorussiya, Rossiya, Estoniya, Qozogʻiston, Tojikiston kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAMBERDIYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ESTONIYA
TOSHKENT
RAJABIYLAR
ROSSIYA
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты