YORITISH

YORITISH — obyektlarning koʻrinish sezgirligini yaxshilash yoki ularni yorugʻlik sezgir materiallarga tushirishni taʼminlash maqsadida maʼlum miqsorda yoritilganlik yaratish. Yoritishning tabiiy, sunʼiy va aralash xillari bor. Tabiiy Yoritish inson uchun eng qulayi boʻlib, Quyosh, osmon yoritqichlari, atmosfera elektr razryadlari va b. bilan yaratiladi. Uylar va alohida xonalarda kerakli darajada yoritilganlikni taʼminlash uchun ularning devorlari, orayopmalari yorugʻlik oʻtkazadigan materiallardan tayyorlanadi, derazalar tepasiga tuynuklar qilinadi. Yaxshisi uylarni qurishda yorugʻliktushishni toʻgʻri tanlash kerak. Sunʼiy Yoritish, odatda, yoritish jihozlari, yoritish qurilmalari yordamida hosil qilinadi. Uning umumiy, mahalliy (ish joyini yoritish) va aralash, ish (xdr kuni ishlatish uchun) hamda avariya holatdagi (ish Yoritish oʻchganda ishlatiladigan) xillari bor. Sunʼiy Yoritish aholi yashaydigan joylar, transport harakatlanadigan magistrallar, koʻchalar, maydonlar va b. ni Yoritishga tatbiq etiladi. Xonalarni tabiiy Yoritish va sunʼiy Yoritish qurilish normalari va qoidalariga asoslanib bajariladi.


Lotin alifbosida maqola: YORITISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
QUYOSH
OʻZBEKLAR
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты