XOʻJANIYOZOV Maxset Saparovich

XOʻJANIYOZOV Maxset Saparovich (1947.4.4, Nukus) — opera xonandasi ( bas). Oʻzbekiston (1993), Qoraqalpogʻiston (1980), Tatariston (1981) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1972). 197274 ylar Navoiy teatrida, 1974-y. dan Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida yakkaxon xonanda, ayni paytda Nukus musiqa bilim yurtida oʻqituvchi. Opera sahnasida Primbiy (N. Muhammaddinov, «Ajiniyoz»), Gremin (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin»), Kdri loʻli (S. Raxmaninov, «Aleko») kabi partiyalarni ijro etgan. Konsert repertuaridan qoraqalpoq (T. Esirkenovning «Oʻzbekistonim»), oʻzbek (H. Rahimovning «Sevimli yor», T. Sodiqovning «Jonon koʻrinur») va chet el mumtoz kompozitorlar (Brams, Betxoven, Verdi va b.)ning romans, qoʻshiq va ariyalari, shuningdek, qoraqalpoq xalq koʻshiklari («Boʻzatov», «Jetiasirim») oʻrin olgan. Mintaqaviy (Toshkent, 1972) va xalqaro (Toshkent, 1977; Rio de Janeyro, 1979) tanlovlar laureati. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983).


Lotin alifbosida maqola: XOʻJANIYOZOV Maxset Saparovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
RAJABIYLAR
Morandi - Serenada


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты