YORIQ SUVLARI

YORIQ SUVLARI — intruziv, metamorfik, choʻkindi va vulkan togʻ jinslari yoriqlarida toʻplangan erkin (gravitatsion) yer osti suvlari. Asosan qor, yomgʻir, baʼzan, oqar suvlarning yigʻilishidan paydo boʻladi. Yoriq suvlarining quyidagi turlari farq qilinadi: tektonik yoriqlar bilan bogʻliq yoriqtomirli (koʻpincha bosimli) suvlar, yoriqligrunt (bosimsiz) suvlar, ayniqsa nurash darzliklari bilan bogʻliq; yoriq qatlamli (odatda bosimli) — suv oʻtkazmaydigan jinslar bilan qatqatlashgan kam metamorflashgan suv oʻtkazuvchan jinslarning litogenetik yoriqlarida toʻplanadi; yoriqlikarst suvlari — bosimli va bosimsiz boʻladi. Yoriq suvlari koʻpincha biri ikkinchisi bilan bogʻliq, ularning dinamik sharoiti murakkab, minerallashganligi va kimyoviy tarkibi turlicha. Yoriq suvlarining haroratlanishi filtratsiyaning choʻzikli qonuni asosida boʻladi. Yoriq suvlari s ayniqsa qalqonlarda (Ukraina qalqoni), shuningdek, platforma va togʻlik rnlarda tarqalgan. Yoriq suvlari sdan xoʻjalikni va sanoat korxonalarini texnik suv bilan taʼminlashda foydalaniladi. Minerallashgan Yoriq suvlari tibbiyotda ishlatiladi. Yoriq suvlarining konchilik inshootlarida koʻpayib ketishi foydali qazilmalarni kavlab olishni ancha qiyinlashtiradi.


Lotin alifbosida maqola: YORIQ SUVLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
UKRAINA
OKEAN
YER OSTI SUVLARI
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты