YORIQTISHLILAR

YORIQTISHLILAR (Solenodontidae) — tuban hasharotxoʻrlar oilasi. Yuqori va oʻrta oligotsendan maʼlum. Oyoqlari beshbarmokli, old oyoklari bilan tovonda, orqa oyokdari bilan barmoqda yuradi. Qoʻltigʻi va chovlari ostida kuchli hidli suyuklik ajratadigan bezlari boʻladi. Zaharli soʻlak ajratadigan jagʻ osti bezining yoʻli ikkinchi kurak tishi asosiga ochiladi. Bu tishning old yuzasida tarnovchasi (yorigʻi) boʻladi (nomi shundan olingan). Uz 28—32 sm, dumi 17,5—25,5 sm, 1 urugʻ 2 turi: gaiti yoriqtishi (Solenodon paradous) va kuba yoriqtishi (S. cubanus) Gaiti va Kuba o. da tarqalgan. Oʻrmon va butali chakalakzorlarda yashaydi. Har yili 3 tadan bolalaydi. Ikkala tur ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: YORIQTISHLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KUBA
YER
SOʻLAK BEZLARI
TOSHKENT
TISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты