YORKEND

YORKEND (qad. nomi Sakaraoʻl, xitoycha Shache) — Xitoyning Sinszyan Uygʻur muxtor rnidagi shahar, Qashqar viloyatining Yorkend tumani markazi (1980-y. gacha Qashqar viloyati markazi). Taklamakon choʻlining gʻarbiy qismida, Yorkenddaryoning oʻng sohilida, 1200 m balandlikda joylashgan. Aholisi qariyb 547,5 ming kishi, asosan uygʻurlar, qisman oʻzbeklar, xitoylar ham yashaydi. Yorkend 2 qism — musulmonlar yashaydigan Yorkend va xitoylar yashaydigan Shachedan iborat. Muhim savdo va tranzit punkti. Yorkend yirik dehqonchilik (gʻallakorlik, paxtachilik), bogʻdorchilik va ipakchilik rnining markazi. Oziqovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam, ip gazlama va shoyi toʻqiladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, mil. av 65 y. Yo. da 2300 dan ziyod xonadon boʻlgan, aholisi sak (yun. manbalarida skif)lar deb koʻrsatilgan. Yorkend 1465 — 1759-y. larda butun Sharqiy Turkistonni oʻz ichiga olgan Yorkend xonligining markazi edi. Shahar atrofidan temir rudasi va qimmatbaho yashma toshi olingan. Yorkend orqali qadimda Oʻrta Osiyodan Sharqiy Turkistonning boshqa shaharlari va Hindistonga boradigan karvon yoʻli oʻtgan. Shahar Buyuk ipak yoʻlida joylashganligidan qadimdan hunarmandchilik (gilam, ip gazlama, shoyi toʻqish) ravnaq topgan. Shaharda qad. obidalardan malika hamda shoira Omonisaxon (16a.) maqbarasi va xon daxmalari (Oltunum) saqlangan. Oʻzbek shoiri Furqat (1859—1909) umrining soʻnggi yillari Yorkendda yashab ijod qilgan, 1990-y. da shoir qabri ustiga maqbara qurilgan.


Lotin alifbosida maqola: YORKEND haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
SINSZYAN-UYGʻUR MUXTOR RAYONI
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты