XOʻJAPIRYOX TOGʻI

XOʻJAPIRYOX TOGʻI — Boysun tiz masining sharqiy tarmoqlaridan biri. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari chegarasida, Toʻpolondaryoning oʻng sohilida joylashgan. Deyarli kenglik boʻylab 30 km ga choʻzilgan. Bal. 3500 — 4000 m, eng baland joyi 4425 m (Xoʻjapiryox choʻqkisi). Suvayirgʻich qismining baʼzi joylari tekis, koʻp qismi qoyalardan iborat. Shim., sharqiy va jan. yon bagʻirlari Toʻpolondaryo va uning irmoqlari bilan zich va chuqur kesilgan (ularning koʻpchiligi dara shakliga ega). Qad. muzlik relyef shakllari (troglar, morena uyumlari) hamda kichik hoz. zamon muzliklari va doimiy qor qoplamlari uchraydi. Yiliga 700—800 mm yogʻin tushadi. Tipik qoʻngʻir, och qoʻngʻir oʻtloq dasht baland togʻ tuproqlari tarqalgan. Oʻt oʻsimliklar oʻsadi, archazorlar bor. X. t. yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAPIRYOX TOGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TYANOʻPAN
YER
POMIR
TOSHKENT
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты