YORLAQAB BAXSHI

YORLAQAB BAXSHI Beknazar oʻgʻli (1888 — Zomin tumani — 1971) — oʻzbek dostonchisi. Dastlab Karapchi qishlogʻilik Omon baxshiga, soʻngra Soʻloq qishlogʻilik Xudoynazar shoirga shogird tushib, mohir dostonchi sifatida tanilgan. 1917—32 y. larda Fargʻona vodiysining tuman va qishloqlarida, Kirgʻizistonning Oʻsh viloyatida dostonchilik bilan shugʻullangan. 1932-y. Zominga qaytgan. 2jahon urushi yillarida yaratgan termalarida oʻzbek jangchilarining qaxramonligini madh etgan. «Bekobod», «Farhod qurilishi» kabi termalarida ulkan qurilishlar, oʻzbek xalqining ulugʻ yaratuvchilik mehnatini aks ettirgan. «Goʻroʻgʻlining tugʻilishi», «Intizor», «Hasanxon», «Murodxon», «Shirin bilan Shakar» kabi xalq dostonlarini mahorat b-n kuylagan. Yorlaqab baxshidan bir qancha anʼanaviy va zamonaviy termalar, «Alpomish», «Malikai ayyor», «Choryor» dostonlari yozib olingan.


Lotin alifbosida maqola: YORLAQAB BAXSHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
ALPOMISH
XITOY
SURXONDARYO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты