YORMA — oziqovqat mahsuloti; koʻpincha sholi, bugʻdoy, suli, arpa, grechixa, makkajoʻxori, noʻxat singari donlarni maxsus mashinada oklab (butun) yoki maydalab tayyorlanadi. Tarikdan oklangan soʻk, sholidan guruch (oqshoq), bugʻdoydan manniy yormasi, oqlangan bugʻdoy, arpadan oklangan arpa (perlovka), oklangan oq joʻxori, maydalangan makkajoʻxori doni koʻp ishlatiladi. Tarkibida kraxmal, azotli moddalar, oqsil, yogʻ, uglevodlar, klechatka, mineral tuzlar (kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir) vitaminlar mavjud. Klechatkasi kamroq boʻlgani uchun mollarga yaxshi yem boʻladi, parrandalarga ham beriladi. Donning pusti olib tashlangani sababli Yormaning oziqovqatligi jihatidan qadri yuqori, yaxshi hazm boʻladi, toʻyimli va kaloriyali. Yormaning ayniqsa bolalar va turli kasallik bilan ogʻrigan bemorlar uchun ahamiyati muhim. Odamning oziqovqatida Yorma uglevodlar (kraxmal) va oʻsimlik oqsillarining asosiy manbai. Pazandachilikda Yormadan boʻtqa, suyuq oshlar, garnirlar va b. taomlar tayyorlanadi. Fiziologik asoslangan ovqatlanish meʼyorlariga koʻra, ovqat uchun 1 yilda aholi jon boshigaoʻrtacha 14—15 kg turli Yorma mahsulotlari isteʼmol etish tavsiya etiladi.