XOʻJAGʻOR

XOʻJAGʻOR — soʻnggi paleolit davriga oid manzilgoh. Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Qopqon qishlogʻi yaqinida joylashgan. 1954—55 y. larda A. P. Okladnikov rahbarligida Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi oʻrgangan. Xoʻjagʻorda yashagan odamlar chaqmoqtoshdan qurollar yasaganlar. Xoʻjagʻordan tosh parrakchalar, chaqmoqtosh uchirindilaridan yasalgan xilmaxil qirgʻichlar, teshgichlar, parmalar, nayzasimon qurollar va b. topilgan. Tezoqarsoy manzilgohning bir qismini yuvib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAGʻOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOJIKISTON
PALEOLIT
TOSHKENT VILOYATI
UCHTUT CHAQMOQTOSH KONLARI
ARXEOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты