YORMATOV

YORMATOV Komil (1904.2.5, Konibodom — 1978.17.11, Toshkent) — oʻzbek kinorej., tojik kinosining asoschisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1955), Tojikistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Birinchi filmi — «Muhojir» (1934) Tojikiston kinostudiyasida suratga olingan (oʻzi ssenariy muallifi, rej., bosh rol ijrochisi). «Faxriy huquq», «Uzoq chegarada», «Doʻstlar qayta uchrashganda» filmlari ham «Tojikfilm»da ishlangan. Bu filmlarda uning oʻziga xos uslubi, keskin dramatizmga intilishi, murakkab dekoratsiyalardan foydalanishi koʻzga tashlanadi. 1941-y. dan «Oʻzbekfilm»ning badiiy rahbari. Urush yillari «Vatan sovgʻasi», «Front uchun konsert» singari konsertfilmlar, «Uyqusiz yillar» badiiy filmini yaratdi. «Alisher Navoiy» filmi (1947) rej. ga katta shuhrat keltirdi. Bir kancha oʻzbek filmlarida aktyor sifatida qatnashgan.

Yormatovning har bir ijodiy bosqichi yangiyangi boʻyoklar bilan sayqallasha borib, yaratgan filmlari milliy kino oldida turgan aniq va muhim vazifalarni hal eta bordi. Zamonaviy mavzuda «Opa-singil Rahmonovalar», «Gullar ochilganda», tarixiy mavzuda «Abu Ali ibn Sino» kabi filmlari, «Paxtaoy» ertakfilmi kinofestivallarda I-darajali diplomlar bilan takdirlangan. 60-y. larda Yormatov kinotrilogiya yaratib, oʻzbek kino sanʼatini yangi bosqichga koʻtardi. Afsona xarakteridagi «Ikki dil dostoni» (1966; xalqaro kinofestivalning «Oltin Absora» mukofoti, 1968), oʻzbek shoirasi hayotiga bagʻishlangan «Nodirabegim», «Uzoq-yaqin yillar» (kinofestivalning maxsus sovrini, Riga, 1978) kabi filmlari ham shuhrat qozondi. «Kinossenariylar» (M. Melkumov bilan hamkorlikda) toʻplami, «Esdaliklar»i nashr etilgan. Oʻzbekiston Kinematografchilar uyushmasining kotibi (1958— 78). «Oʻzbekfilm»ga Yormatov nomli berilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1967).

Ad.: Aliyev M., Komil Yormatov, T., 1960; Teshabayev Djura, Kamil Yarmatov, M., 1964; Teshabayev Djura, Schastye mastera, T., 1975.


Lotin alifbosida maqola: YORMATOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOJIKISTON
TOSHKENT
FRANSIYA
KINO SANʼATI


Добавить комментарий